O‘z so‘ziga ega, adabiyot olamida o‘ziga munosib o‘rin egallagan yozuvchi Mamatqul Hazratqulovning ushbu kitobi asosan uning turli yillarda yozilgan eng sara asarlaridan tashkil topgan. Hikoya va ertaklar yuksak ijodiyligi va samimiyligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, "Sevgi so‘zi" orqali ozarbayjon yozuvchisi Anor va gruziyalik yozuvchi Grigol Abashidzening Mamatqul Hazratqulov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz. Kitob sizga yoqishiga ishonamiz.

