Hayot adolatsiz. Pul, hokimiyat, shon-shuhrat va muvaffaqiyat odamlar o‘rtasida juda notekis taqsimlanadi. Lekin nima uchun birovlarga hamma narsa, boshqalarga esa hech narsa? Muvaffaqiyat sabablarini faqat tabiat in’om etgan shaxsiy fazilatlarga bog‘lash to‘g‘rimi? Malkolm Gladuell har doim faqat tasodifning irodasi bo‘lib tuyulgan narsalarning ortida yashirin qonunlarni kashf etgan birinchi odam edi. Bu qonunlar nima uchun mashhur xokkeychilar odatda yanvarda tug‘ilib, deyarli hech qachon oktyabrda tug‘ilmasligini; nima uchun osiyolik maktab o‘quvchilari boshqalarga qaraganda matematikani osonroq o‘zlashtirishini; nima uchun Nyu-Yorkning nufuzli advokati bo‘lish uchun yahudiy bo‘lish kerakligini tushuntiradi. Kitob Bill Geyts, "Bitlz" va Motsart o‘rtasida qanday umumiylik borligini va nima uchun ular tengdoshlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lganliklarini ko‘rsatadi.
""Daholar va autsayderlar"" - "muvaffaqiyatli bo‘lish yo‘llari" qo‘llanmasi emas. Bu siz o‘z foydangizga ishlatishingiz mumkin bo‘lgan hayot qonunlari olamiga qiziqarli sayohatdir.

