Malikjon Shermatovning "O'rmondagi portal" nomli ertagi kitobxonni oddiy bog'dan boshlanib, sehrli mamlakatning markaziga olib boruvchi hayajonli sarguzashtlar olamiga yetaklaydi. Ertak markazida turgan qahramonlar yo'qolgan qimmatbaho toshni qidirish asnosida nafaqat afsonaviy shohlar va gapiruvchi jonivorlar, balki kutilmaganda dunyo futbol yulduzlari — Messi, Neymar, Levandovskilar bilan ham yuzma-yuz kelishadi.
12 yoshli bolaning beg'ubor nigohi, quvnoq tili bilan bayon etilgan bu asar chinakam do'stlik, mardlik, mo'jizalarga ishonch haqida hikoya qiladi. Kitob yakunidagi kutilmagan vaqt va makon o'yini esa har bir o'quvchini "bu tushmi yoki o'ng?" degan sirli savol qarshisida qoldiradi.
Asarda Mo'tabarxon Shermatova chizgan rasmlardan foydalanilgan.
ISBN : 9789910098116
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : А4
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 31
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Alp
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Malikjon Shermatov

