Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar — 20 ta topshiriq
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli rivojlantiruvchi topshiriqlar to‘plami. To‘plam ichida 20 ta topshiriq mavjud bo‘lib, har bir topshiriq alohida varaqda joylashtirilgan.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida bola o‘yin orqali diqqat, xotira, mantiqiy fikrlash, mayda motorika, tasavvur va sabr-toqatini rivojlantiradi. Uyda, bog‘chada yoki maktabga tayyorgarlik mashg‘ulotlarida foydalanish uchun qulay.
Afzalliklari:
• 20 ta rivojlantiruvchi topshiriq;
• har bir topshiriq alohida varaqda;
• bolalar uchun tushunarli va qiziqarli mashqlar;
• o‘yin orqali o‘rganish;
• maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mos;
• maktabga tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

