O'quvchi qizlar, talabalar va ayollar uchun dars jarayonlarida hamda ofisda kiyishga mo'ljallangan juda nafis va sifatli ko'ylak!
Model 46 dan 50 gacha bo'lgan standart o'lchamlarda taqdim etilgan bo'lib, qomatga ideal darajada o'tiradi va vizual ravishda ixcham ko'rsatadi.
Ko'ylakning old qismidagi ikki qatorli dekorativ tugmalar va bo'yin qismidagi nozik bog'ichli yoqasi unga o'zgacha maktab/ofis estetikasini (dress-code) bag'ishlaydi.
Yenglari va yoqasi qora rangda, asosiy qismi esa mayda katakli printda ishlangan.
Mato tarkibi tanaga yoqimli, havo o'tkazuvchan va kun bo'yi harakatlanishga qulaylik yaratadi.
Yuvilganda rangi o'chmaydi va matosi kirishib ketmaydi.
Ushbu ko'ylakni tuflilar, loferlar yoki krossovkalar bilan osongina uyg'unlashtirish mumkin.

