Ahmad Muhammad Tursun tomonidan yozilgan ushbu kitob, muallifning Umra safariga oid kundaligidir. Asarda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Namanagan viloyatidan 28 nafar turli kasb egalari o‘z shaxsiy avtomashinalarida Saudiya Arabistoniga borib, Umra ibodatini ado etganlari haqida hikoya qilinadi. Muallif ushbu safarda ishtirok etib, o‘z taassurotlarini samimiy tarzda bayon etgan. Kitob 2023 yilda “Hilol-Nashr” tomonidan chop etilgan bo‘lib, 88 betdan iboratdir .

