Mitsellar suv teridagi kir, pardoz ва ortiqcha yog‘ni mukammal darajada tozalaydi, g‘ovaklarni toraytiradi va yog‘li yaltirash muammosini hal qiladi. U terini quritmaydi va ko‘z yosh bezlarini ta’sirlantirmaydi, bu esa uni ko‘z pardozini tozalamoq uchun ideal vositaga aylantiradi. Mitsellar — bu yog‘li komponentlarning eng kichik zarrachalarini (ortiqcha teri yog‘i, pardoz va yog‘) o‘ziga biriktirib oluvchi va yo‘qotuvchi, shu bilan birga har xil turdagi kirlarni erituvchi mikroskopik sferalardir.
Mahsulot tarkibidagi faol moddalar:
- Exinatsiya ekstrakti yallig‘lanishga qarshi, antibakterial va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, epidermisning tiklanishiga yordam beradi, ta’sirlanishni tinchlantiradi va kamchiliklarga qarshi kurashadi. Shuningdek, kollagen hamda gialuron kislotasi sintezini rag‘batlantirish va UB-nurlaridan ҳimoya qilish orqali terining namligini saqlaydi va uni qarishdan ҳimoyalaydi.
- Yashil choy ekstrakti antioksidant, yoshartiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega. U terining elastikligi va egiluvchanligini oshiradi, namlaydi, ajinlar va giperpigmentatsiyani ( dog‘larni) kamaytiradi, ta’sirlanishni tinchlantiradi va teri yog‘i ajralishini tartibga solib, aknega qarshi kurashishga yordam beradi. Bu xususiyatlar polifenollar (masalan, katexinlar) va kofein mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular terini erkin radikallardan ҳimoya qiladi, qon aylanishini rag‘batlantiradi va tiklanishiga yordam beradi.
- Pantenol hujayralar yangilanishini tezlashtiradi, ta’sirlanish va qizarishni oladi, shuningdek, quyoshda kuqish oqibatlarini kamaytiradi. U epidermisda suvni ushlab turadi va terini qurish, tortishish hamda ko‘chishdan (sho‘ralashdan) ҳimoyalaydi. Fibroblastlar ko‘payishini rag‘batlantirib, terining elastikligi, tarangligi va umumiy tuzilishini yaxshilaydi.
Qo‘llash usuli: Mitsellar suvdan ozroq miqdorda paxta diskiga surting va terini ohista arting.
Tarkibi (INCI): Aqua, Propylene Glycol, Poloxamer 184, Glycerin, Echinacea Purpurea Root Extract, Camellia Sinensis Leaf (Green Tea) Extract, Panthenol, Sodium Cocoamphoacetate, Disodium Cocoamphoacetate, Trideceth-9, PEG-40 Hydrogenated Castor Oil, Sodium Gluconate, Sodium Chloride, Tetrasodium EDTA, Citric Acid, Sodium Benzoate, Potassium Sorbate, Parfum, Tetramethyl Acetyloctahydronaphthalenes, Hexamethylindanopyran, Limonene, Alpha-Isomethyl Ionone, Benzyl Salicylate, Citrus Aurantium Peel Oil, Linalyl Acetate, Linalool, Citrus Limon Peel Oil, CI 14720.