Shaxsiy moliyaga bag‘ishlangan mashhur kitoblarning aksariyatida asosiy e’tibor uzoq muddatli pulni tejashga qaratilgan, ammo ko‘pchilik o‘zini tejashni yoqtirmaydi. O‘z sarmoyasidan katta foyda olish uchun 40 yil kutishga tayyor bo‘lgan odamlarni yanada kamroq uchratish mumkin.
Agar nafaqaga chiqishingizga o‘n yilcha qolgan bo‘lsa-yu, jamg‘armangiz deyarli bo‘lmasa yoki universitetni endigina tugatgan bo‘lsangiz-u, keyinchalik boyib ketish uchun qirq yil davomida har bir tiyinni jamg‘arishni istamasangiz, unda bu kitob aynan siz uchun. Unda o‘z mehnati bilan boylik orttirgan mashhur millioner yetti yildan keyin yoki undan ham oldin bankda yetti xonali hisob raqamiga ega bo‘lishni istagan har bir kishi foydalanishi mumkin bo‘lgan metodikani tasvirlaydi. Siz qanday faoliyat bilan shug‘ullanmang, agar moliyaviy mustaqillikka erishish yo‘liga qat’iy qaror qilgan bo‘lsangiz, kitobda keltirilgan tavsiya va materiallar sizga asqotadi.
Kitob o‘z farovonligini tezda yaxshilash yo‘llarini izlayotgan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

