• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Azamat Ibragimov
• Sahifalar soni: 240
• Muqova: yumshoq.
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu kitob majburiy matematika fanidan mustaqil tayyorlanuvchi abituriyentlar hamda 5-6-sinflar uchun mo‘ljallangan.
Kitob majburiy matematika bo‘limida tushadigan misol va masalalar to‘plami, ularni yechishda teoremalar va qoidalar majmuasi, kunlik testlar to‘plami, DTM standarti bo‘yicha tuzilgan 20 ta variant to‘plami, neyrogimnastika – ya’ni miya faoliyatini yaxshilovchi, xotirani kuchaytiruvchi mashqlar hamda testlarning kalitlari bo‘limidan tashkil topgan. Har bir misol va masala ustida ishlangan. Har bir mavzudan keyin fikrlashni oshirish maqsadida mantiqiy savollar ham berilgan. Undan tashqari, kimyo-biologiya bo‘yicha tayyorlanuvchi abituriyentlar uchun 100 ta ikki va uch noma’lumli tenglamalar sistemasi ham berilgan. Ushbu kitobni olib, mustaqil tayyorgarlik ko‘rib, har bir misolning mohiyatini tushungan holda majburiy matematika bo‘limida 100% natijani bemalol ko‘rsatishingiz mumkin.

