• Sahifalar soni: 240
Ushbu kitob 5-6-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, matematika fanidan turli xil materiallarni o‘z ichiga oladi.
Kitob quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Majburiy bo‘lim – misollar va masalalar to‘plami;
- Teorema va qoidalar jamlanmasi – masalalarni yechish uchun kerakli nazariya;
- Kunlik testlar to‘plami;
- DTM Standarti asosida tuzilgan 20 ta variant;
- Neyrogimnastika – miya faoliyatini yaxshilovchi mashqlar va xotirani mustahkamlovchi usullar;
- "Test kalitlari" bo‘limi – natijalarni tekshirish va tahlil qilish uchun.
Har bir misol va masala puxta ishlab chiqilgan. Har bir mavzudan so‘ng mantiqiy savollar berilgan bo‘lib, ular fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, kimyo va biologiya fanini o‘rganayotgan abituriyentlar uchun 2 va 3 noma’lumli 100 ta tenglamalar tizimi ham qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan.
Agar siz ushbu kitobni chuqur o‘rganib, har bir misolning mohiyatini anglasangiz, "Majburiy matematika" bo‘limida 100% natijaga erishishingiz mumkin!

