Maison D’or Lavanda pastel komplekti yotoqxonaga nafis va sokin muhit bag‘ishlaydi. Pododeyalnik hamda yostiq jildlari lavanda guli kashtasi bilan bezatilgan bo‘lib, atrofi to‘lqinsimon valan va nafis kant bilan ishlangan. Klassik uslub va zamonaviy dizayn uyg‘unligi mahsulotga o‘ziga xos ko‘rinish beradi.
Komplekt oliy nav paxta matosidan tikilgan. Mato yumshoq, havo o‘tkazuvchan va kundalik foydalanish uchun qulay. Kashtalar sifatli ishlangan bo‘lib, uzoq muddat chiroyini saqlaydi.
Komplekt tarkibi:
• Pododeyalnik — 200×230 sm × 1 dona
• Prostin — 250×250 sm × 1 dona
• Yostiq jildi — 50×70 sm × 2 dona
Xususiyatlari:
• Brend: Maison D’or
• To‘plam turi: Pastel komplekti
• Mato: Oliy nav paxta
• Dizayn: Lavanda guli kashtasi
• Bezak: To‘lqinsimon valan va kant
• Rang: Lavanda
• Uslub: Klassik va nafis
• Mavsum: Barcha fasllar uchun mos
⸻
Parvarish bo‘yicha yo‘riqnoma
• 30°C gacha bo‘lgan haroratda yuvish tavsiya etiladi.
• Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang.
• Past haroratda dazmollang.
• Soyada tabiiy quriting.
• Kimyoviy tozalash mumkin.
• Birinchi yuvishda o‘xshash rangdagi matolar bilan alohida yuvish tavsiya etiladi.

