Shayx Oiz Al-Qarniyning ushbu asari insonni g‘am-tashvishlardan xalos bo‘lishga, hayotdagi ne’matlarni qadrlashga va Allohga shukr qilib yashashga undaydi. Kitobda Qur’oni karim oyatlari, hadisi shariflardan iqtiboslar, sahobalar va tobeinlar hayotidan ibratli voqealar hamda hikmatli nasihatlar keltirilgan. Muallif insonni umidsizlikka berilmaslikka, hayotga ijobiy nazar bilan qarashga va Allohning marhamatiga umid qilib yashashga chorlaydi. Asar arab tilidan Zahiriddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

