O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Zomin seminari mamlakatimizning turli hududlarida yashab, badiiy ijod bilan shug'ullanayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Seminarda faol qatnashish bilan birga adabiy maydonda o'z ijodi bilan ko'zga ko'rinib, ustozlar e'tirofiga sazovor bo'layotgan, o'z muxlislari tomonidan e'zoz qilinayotgan ijodkor yoshlar ko'p. Bunday yoshlar ijodi Yozuvchilar uyushmasining "Birinchi kitobim" loyihasida kitob holida chop etilib, Siz adabiyot muxlislari hukmiga havola etilmoqda.
Kitob orqali yosh muallifning ko'ngil bitiklarini o'qib, uning ijod bulog'idan bahramand bo'lishingizni istaymiz.
ISBN : 9789910804908
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 175
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2024
Nashriyot : Adabiyot
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : Jilosiz

