Maqsadimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak hayotlarini ishonchli, sodda tilda, yengil uslubda yozilgan maʼlumotlar asosida biroz bo‘lsa-da yoritib berish. Bunda eʼtibor ul muhtaramning hayotlarida yuz bergan yirik voqealarga qaratiladi va shu bilan birga, ul zotning jismi shariflari hamda axloqu odoblari haqida qisqa so‘z yuritish, fazilatlari ummonidan qatralarni ko‘zga surtish ila ul zotni tanishga harakat qilish umidimiz bor.

