Magnolia Grandiflora, Yirik gulli magnoliya, Janubiy magnoliya - magnoliyadoshlar oilasiga mansub, juda xushbo‘y, past bo‘yli, chiroyli gullovchi, doim yashil daraxt.
Magnoliyani "gullar malikasi" deb atashadi, chunki u yorqin yashil chiroyli rozetka ustida shohona ko‘tarilgan ulkan hashamatli, juda xushbo‘y oq gullar.
Magnoliyaning vatani Xitoy bo‘lib, tabiiy yashash joyi Kavkazning Qora dengiz sohillari, Qrimning janubiy qirg‘og‘i va AQShning janubi-sharqiy qismidir. Ochiq yerda 30 m gacha bo‘lgan baland daraxt bo‘lib, qalin piramidasimon shox-shabbaga ega. Uy sharoitida kichik, sershox buta sifatida o‘stirilishi mumkin.
Magnoliya barglari yaltiroq, yirik, qattiq, to‘q yashil rangda bo‘ladi. Sutdek oq rangli, diametri 25 sm ga yetadigan, shoxlarining uchida joylashgan yirik, ajoyib xushbo‘y g‘unchalar bilan gullaydi. Mevasi ellipssimon ko‘p bargchali, uzunligi 8-12 sm, g‘uddasimon shaklda, qizil rangda. Yirik gulli magnoliya barglari shifobaxsh ta’sirga ega bo‘lib, qon bosimini pasaytiradi.
Magnoliyani urug‘idan qanday o‘stirish mumkin
Urug‘lar bir sutka davomida stimulyatorlar qo‘shilgan iliq suvda ivitiladi. So‘ngra nam yumshoq boy tuproqqa 0,5-1 sm chuqurlikda ekiladi, shamollatish uchun teshiklari bo‘lgan plyonka bilan yopiladi va 3 oy davomida muzlatgichga +3oS atrofidagi haroratda qo‘yiladi. Keyin xona haroratida yorug‘likda undiriladi, maysalar 1-5 oy ichida paydo bo‘ladi. Ko‘chatlar 4-5 chinbarglik davrida ildiz tizimiga zarar yetkazmaslikka harakat qilib pikirovka qilinadi.
Qanday parvarish qilinadi
Temperatura. Magnoliyaning bu turi eng sovuqqa chidamli turlardan biri bo‘lib, -15oS gacha bo‘lgan haroratga zararsiz bardosh beradi, yozda ochiq havoga olib chiqish tavsiya etiladi.
Yoritish. Yorug‘sevar, g‘arbiy va sharqiy deraza tokchalarida o‘zini yaxshi his qiladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshdan himoyalanishi kerak.
Sug‘orish Namsevar, mo‘l-ko‘l sug‘oriladi, qishda sug‘orish qisqartiriladi, lekin tuproqning qurib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Namlik yuqori, muntazam ravishda purkash kerak.
Tuprog‘i boy, yumshoq, torfli, tuvak tubiga albatta drenaj yotqizish kerak. Yosh o‘simliklar har yili bahorda, kattalari 3-4-yilda bir marta ko‘chirib o‘tqaziladi. Tuvakni chuqurroq olgan ma’qul.
Qo‘shimcha oziqlantirish. Faol o‘sish davrida (apreldan oktyabrgacha) 2 haftada bir marta kompleks organo-mineral o‘g‘itlar bilan sistematik oziqlantirish talab qilinadi, oktyabrdan boshlab oziqlantirish to‘xtatiladi.
May-sentyabr oylarida gullaydi, mevasi oktyabr-noyabr oylarida pishadi.
Qirqish. Magnoliya yetarlicha tez o‘sadi, bahorgi kesishga yaxshi bardosh beradi.

