BIFOLAK® MAGNIY – Ona va bola salomatligi. Asabni saqlash uchun. Yurakni qo’llab-quvvatlash uchun.
BIFOLAK® MAGNIY - bu organik Magniy, Probiotiklar va B guruh vitaminlarining maxsus kompleksi- stress, spazmlarni bartaraf etish va uyquni yaxshilash, yurakka quvvat berish uchun, shuningdek, bo'lajak onaning salomatligi va homilaning to'g'ri rivojlanishi uchun .
Tarkibida hayvon oqsili, GMO, gluten, laktoza, bo'yoqlar va konservantlar mavjud emas.
BIFOLAK® MAGNIY tarkibidagi magniy organik yengil o’zlashtiriladigan magniy sitrat ko’rinishida bo’lib, u neyronlar qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi va impulslarning neyromushak uzatilishini normallashtiradi, ko'plab fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi, organlar va to'qimalarning asosiy elementi bo’lib, suyak to’qimasida inson organizmidagi umumiy magniy miqdorining yarmi tarkib topgan. Magniy yurak, asab tizimi, oshqozon-ichak yo’li, qalqonsimon oldi bezining sog’lom faoliyat ko’rsatishini ta’minlashda ishtirok etadi, oqsil sintezi va suyaklar shakllanishida ishtirok etadi.
B6 vitamini (piridoksin) oshqozon-ichak yo’llarida magniyning so’rilishini va hujayralarga singishini yaxshilaydi, shuningdek, qondagi qand miqdorini normal darajada ushlab turuvchi insulin ishlab chiqarilishida, kayfiyat va hissiyotlarni boshqarib turuvchi serotonin va dofamin neyromediatorlari sintezida ishtirok etadi.
Probiotiklar: 10 milliard bifido- va laktobakteriyalar ichak mikroflorasining tez tiklanishiga yordam beradi va shu orqali oshqozon-ichak yo'llari (OIY) faoliyatini, moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi, Magniy va B1, B2, B6, B9 vitaminlarining maksimal darajada so'rilishini ta'minlaydi. Shuningdek, probiotik bakteriyalar organizmni ichaklardagi zararli moddalar va mikroorganizmlardan tozalashga yordam beradi, natijada organizm sog'ayishi va surunkali kasalliklar kechishining yengillashishi kuzatiladi.
Prebiotiklar: inulin, maltodextrin, probiotik bakteriyalarning o'sishini faollashtiradi va ularning samarali ta’sirini kuchaytiradi.
Qo'llanilishi:
• stress, surunkali charchoqni bartaraf etish, bo'shashish va uyquga ketishni yengillashtirish;
• bolalarda asabiylik va giperfaollikni kamaytirish;
• zo'riqish, mushaklar tortishishi va spazmni bartaraf etish (masalan, jismoniy mashqlardan so'ng);
• yurak faoliyatini, arterial qon bosimini normallashtirish; qon aylanishini yaxshilash, infarkt va insultning oldini olish;
• homiladorlik asoratlarini oldini olish, bachadon va homila qon aylanishini yaxshilash;
• homilaning to'g'ri rivojlanishi (yurak-qon tomir, asab tizimi va boshqalarning to'g'ri shakllanishi uchun);
• hayz ko'rish paytida o'zini yaxshi his qilish (spazmlarni kamaytirish);
• og'iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar qabul qilish paytida magniyning past darajasining o’rnini to'ldirish;
• qandli diabet, semirish, qalqonsimon bez patologiyasida magniyning o'rnini to'ldirish uchun.
Qo'llash usuli:
1 yoshgacha bo'lgan bolalarga - pediatr ko'rsatmasiga ko'ra
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga -1 kunda 1 capsula
7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga- 1 kunda 2 capsula
12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga - 1 kunda 3 capsula
Ovqatdan vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinsin. Qabul qilish davomiyligi - 20 - 30 kun.
Kichik yo'shdagi bolalarga qabul qilishdan oldin capsulani ochib ququnni qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqati kabi 20-50 ml sovutilgan suyuqlik bilan aralashtirib bering
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Saqlash sharoiti: Havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmagan va +5 °С dan +25 °С gacha bo'lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi deb hisoblanmaydi.
Mahsulot DQS (Deutsche Gesellschaft zur Zertifizierung von Managementsystemen) Germaniya tashkiloti tomonidan
sertifikatlangan sifat va havfsizlik menejmenti ISO 9001, ISO 22000, HACCP tizimiga ega korxonada ishlab chiqarilgan.
BIOTACT DEUTSCHLAND GMBH (GERMANIYA) LITSENZIYASI VA NAZORATI OSTIDA ISHLAB CHIQARILGAN.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan.

