• Magniy Bisglisinat
• Stressni kamaytirish
• Asab tinchlantiruvchi
• Yurak sog‘ligi
• Mushak spazmi
• Suyak mustahkamligi
Har bir kapsula 620 mg og‘irlikda bo‘lib, 100–104 mg sof magniy elementi va ikkita glysin (aminokislota) molekulasi bilan bog‘langan. Ushbu shakl — magniyning organik va eng yuqori bioo‘zlashtiriladigan (biologik faol) ko‘rinishidir.
Magniy bisglisinaт — bu magniy va glysin birikmasidan hosil bo‘lgan murakkab modda bo‘lib, asab tizimi, yurak, mushaklar, suyaklar va modda almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi.
Glysin magniyni hujayralarga oson kirishini ta’minlaydi, uning so‘rilishini oshiradi va o‘zi ham tinchlantiruvchi neyrotransmitter sifatida ishlaydi.
· Markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish va tormozlanish muvozanatini saqlaydi.
· Uyqu sifatini yaxshilaydi, stress, xavotir va asabiylikni kamaytiradi.
· Yurak mushaklarini mustahkamlaydi, qon bosimini normallashtiradi.
· Mushaklarni bo‘shashtiradi, spazmlarni oldini oladi.
· Suyak to‘qimasida kalsiy va fosfor almashinuvini me’yorga keltiradi.
· Insulin sezuvchanligini yaxshilaydi, qonda qand darajasini muvozanatlashtiradi.
· Asab tizimini tinchlantiruvchi ingibitor neyromediator hisoblanadi.
· Miyaning гамма-aminomoy kislota (GAMK) bilan birgalikda ishlashida ishtirok etadi.
· Uyquni chuqurlashtiradi, hissiy barqarorlikni oshiradi.
· Magniy bilan birgalikda stress, asabiylik, xavotir, yurak urish tezlashuvini kamaytiradi.
· Jigarda detoksikatsiya jatayonlarini faollashtiradi, toksinlarni chiqarishga yordam beradi.
· Mushaklar tiklanishini tezlashtiradi, fiziologik tinchlik hissini ta’minlaydi.
Magniy ва glysin birgalikda nerv impulslarini barqarorlashtiradi, ortiqcha qo‘zg‘alishni kamaytiradi, depressiya ва uyqusizlik holatlarida foydali. Ular GABA (GAMK) ishlab chiqarilishini faollashtiradi — bu moddalar asab tizimini tinchlantiruvchi asosiy mediatorlardir.
Magniy tomirlarni bo‘shashtiradi, yurak ritmini me’yorga keltiradi. Glysin yurak mushaklariga kislorod yetkazilishini yaxshilaydi, qon bosimini muvozanatlaydi.
Magniy mushak qisqarishidan so‘ng ularni bo‘shashtiradi, glysin esa tiklanishni tezlashtiradi.
Bu kombinatsiya sport bilan shug‘ullanadigan, jismoniy zo‘riqishdan keyin dam olishга muhtoj odamlarga ayniqsa foydali.
Magniy va glysin suyak to‘qimasining mineral muvozanatini ta’minlaydi, osteoporoz xavfini kamaytiradi.
Magniy 300 dan ortiq fermentativ reaktsiyada qatnashadi, glysin esa oqsillar sintezida ishtirok etadi. Ularning uyg‘unligi energiya ishlab chiqarish ва hujayra tiklanishini tezlashtiradi.
· Uyqusizlik, stress, asabiylik, xavotir, depressiv holatlar
· Yurak ritm buzilishi, gipertoniya, yurak siqilishi
· Mushak spazmlari, og‘riqlar, charchoq
· Qabziyat, ichak sanchig‘i
· Osteoporoz, suyak mo‘rtligi
· Sovuq holatlar va umumiy energiya yetishmovchiligi
· Qand almashinuvi buzilishlari (metabolik sindrom, insulin rezistentligi)
Toza, quruq joyda, nisbiy namlik 70% dan oshmagan holda, +2°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda, quyosh nurlaridan himoyalangan, begona hidlardan uzoqda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

