JACK magnitli ventilyatori — tikuv mashinalari, ustaxonalar va tsexlar uchun ajoyib yechim.
Kichik, ammo kuchli ushbu ventilyatorni ikki tomonlama magnitli tagligi bilan istalgan metall sirtga mahkamlash juda oson. Tikuv mashinasida ishlaydiganlar uchun ayniqsa qulay — xonani shamollatib, ish unumdorligini oshiradi.
Afzalliklari:
- 3 ta shamollatish rejimi: qurilmada tugma orqali oson almashtiriladi.
- Egiluvchan oyoq: havo oqimini kerakli tomonga yo‘naltirish mumkin.
- Kuchli havo oqimi: 3428 aylanish/min gacha — tez sovitadi.
- Kam shovqin: atigi 40–53 dB — ofis va ustaxonalar uchun qulay.
- Magnitli mahkamlash: metall sirtga ishonchli tarzda o‘rnatiladi.
Texnik xususiyatlar:
- Quvvat manbai: AC 100–240V
- Chastota: 50/60 Gts
- Aylanish tezligi: 2156 / 2856 / 3428 ayl/min
- Shovqin darajasi: 40–53 dB
- Havo oqimi: 4.5 / 5.9 / 6.9 LFM
- Mahkamlash: ikki tomonlama magnit
- Qadoq o‘lchami: 44 × 12 × 5 sm
Qo‘llanilishi: tikuv mashinalari, ustaxonalar, uyda tikuvchilik, kichik sexlar va dim xonalar uchun mos.