• Nomi: Macmillan Mathematics 2A
• Muallif: Paul Broadbent
• Janri: Matematika, darslik
• Yosh chegarasi: 7+
• Muqova: Yumshoq
Ushbu darslik matematikaning ikkinchi bosqichida o‘quvchilarni mustahkam bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga yordam beradi. Mavzular bosqichma-bosqich o‘rgatiladi, har bir mavzu bo‘yicha amaliy mashqlar va diagrammalar mavjud. Qo‘shish va ayirishning murakkab misollari, ko‘paytirishning dastlabki qoidalari, uzunlik va vazn o‘lchovlari, vaqt birliklari tushuntiriladi. Kitob o‘quvchilarning diqqatini jalb etish uchun rangli sahifalar va hayotiy misollar bilan boyitilgan. Macmillan Mathematics 2A xalqaro ta’lim standartlariga mos bo‘lib, maktab va uy sharoitida foydalanish uchun qulaydir.

