• 🔥 320 dan ziyod asosiy formulalar
• 💡 2600 dan ziyod keltirilgan formulalar
• 🎯 1800 dan ziyod nazariy savollar
• 📚 2800 dan ziyod nazariy savollarga javoblar
📘 «FIZIKA QO‘LLANMA»
(Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun)
✨ Ushbu metodik qo‘llanma o‘rta maхsus kasb hunar ta’limida fizikadan o‘tiladigan barcha mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, unda oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi test sinovlarida uchraydigan savol va masalalarni yechishga mo‘ljallangan asosiy qonunlar, ta’riflar va formulalar keltirilgan. Qo‘llanma fizikadan ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.
✨ Metodik qo‘llanma o‘rta maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari o‘qituvchilarini dars o‘tish jarayonida berilgan mavzuni o‘quvchilarga to‘la yetkazib berishida katta yordam beradi.
✨ Oliy o‘quv yurtlari imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyent yuqori natijalarga erishishi uchun qo‘llanmada keltirilgan 320 dan ko‘p asosiy formulalarni yoddan bilishi, 2600 dan ko‘p keltirilgan formulalarni ularga doir masalalar yechish davomida keltirib chiqarishi va qo‘llanmada keltirilgan 1800 dan ko‘p nazariy savollarga javob bera olishi kerak.
📚 Ushbu qo‘llanma quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:
🔷 MEXANIKA
🔷 SUYUQLIK VA GAZLAR MEXANIKASI
🔷 MEXANIK TEBRANISH VA TO‘LQINLAR
🔷 MOLEKULYAR FIZIKA VA TERMODINAMIKA
🔷 ELEKTROSTATIKA
🔷 O‘ZGARMAS TOK
🔷 TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI
🔷 MAGNETIZM
🔷 ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR
🔷 OPTIKA
🔷 NISBIYLIK NAZARIYASI VA KVANT FIZIKASI
🔷 ATOM FIZIKASI
🧠 Kitobning ustunliklari:
🔥 320 dan ziyod asosiy formulalar
💡 2600 dan ziyod keltirilgan formulalar
🎯 1800 dan ziyod nazariy savollar
📚 2800 dan ziyod nazariy savollarga javoblar
📎 Kitob haqida ma’lumotlar:
📌 350 bet
📏 Kitobning o‘lchami: ≈ 13 cm × 20 cm
📌 ISBN 978-9943-6354-9-4
📌 UO‘K: 53(075.8)
📌 KBK: 22 31я73
📌 U-70
📌 Nashriyot: Toshkent “Yosh kuch”, 2021

