"Yashil qal'adagi Anna" - kanadalik yozuvchi Lyusi M. Montgomerining mashhur asarlaridan biri bo'lib, unda o'n bir yoshli yetim qiz - Anna Shirleyning Katbortlar oilasiga xatolik sabab yuborilishi bilan butun hayoti o'zgarib ketgani haqida hikoya qilinadi.
Asosan maktab yoshidagi o'quvchilarga mo'ljallangan ushbu seriyali kitoblarimiz orqali jahon adabiyotining nodir asarlarini siz kitobxonlarga yetkazmoq niyatidamiz. Mutolaa zavqi barchangizga hamroh bo'lsin.

