Bu kitobni barcha ota-onalar o‘qishi foydali bo‘lardi. Farzandi bilan faqat kichik tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganlar uchun ham, allaqachon bolasi bilan umumiy til topishdan umidini uzganlar uchun ham. Kitob aslida ikki asarni birlashtiradi: “Yashirin tayanch: bola hayotida bog‘liqlik” va “Agar bola bilan qiyin bo‘lsa”. Ushbu kitoblar sizni va farzandingizni ortiqcha psixologik maslahatlar orasida adashib qolishdan asrashi mumkin.
Ko‘pincha ulg‘ayganimizda o‘zimiz ham bir vaqtlar bola bo‘lganimizni unutib qo‘yamiz. Kitobning birinchi qismida Lyudmila Petranovskaya bog‘liqlik nazariyasiga asoslanib, ota-onalarning bola ulg‘ayishidagi o‘rni haqida sodda va tushunarli tarzda hikoya qiladi. Masalan, qaramlik va ojizlik qanday qilib yetuklikka aylanadi? Yoki ota-onaning mehr va g‘amxo‘rligi yillar davomida bolaning shaxsiyatini mustahkam tutib turadigan “yashirin tayanch”ni qanday shakllantiradi?
Siz bolalardagi “injiqlik”, “erkalik”, “tajovuzkorlik” yoki “qaysarlik” ortida aslida nima turganini yaxshiroq tushuna boshlaysiz.
Kitobning ikkinchi qismida muallif murakkab vaziyatlarda qanday yo‘l tutish, nizolarni qanday hal qilish va ulardan munosib chiqish haqida gapirib beradi. Siz farzandingizga qanday yordam berish mumkinligini tushunasiz, shunda u ota-onaning sevgisi uchun kurashishga kuch sarflamay, erkin o‘sib va rivojlanib boradi.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 308
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing 📚
Sovg‘a sifatida zakladka mavjud
To‘liq tavsifni o‘qing 😊

