Leon kalta yengli erkaklar ko‘ylagi zamonaviy dizayn va qulaylikni birlashtirgan model hisoblanadi. Matoning maxsus teksturasi ko‘ylakka premium va tartibli ko‘rinish beradi. Yumshoq hamda yengil matosi tanada qulay turadi va kun davomida komfort hissini saqlaydi.
Model casual va klassik uslub bilan oson uyg‘unlashadi. Shim, jinsi yoki klassik kiyimlar bilan mos kombinatsiya qilish mumkin. Ko‘ylak ofis, kundalik foydalanish, uchrashuv va sayrlar uchun mos keladi.
Tugmalari shaffof to‘q rangda ishlangan bo‘lib, umumiy dizayn bilan uyg‘un ko‘rinadi.
Kalta yengli fason harakatlanishda qulaylik yaratadi. Mato havo o‘tkazuvchan bo‘lib, bahor, yoz va kuz mavsumlarida qulay foydalanish imkonini beradi. Ko‘ylak bir nechta zamonaviy ranglarda ishlab chiqarilgan.


