- To‘liq moslik: Lynk & Co avtomobillari uchun maxsus qoliplangan.
- Ishonchli himoya: Radiatorni mayda toshlar, hasharotlar, xazon va yo‘l axlatlaridan asraydi.
- Oson o‘rnatish: Zavod qisqichlari (zashyolka) orqali hech qanday burg‘ulashsiz va yelimlashsiz mustahkam o‘rnatiladi.
- Havo aylanishiga xalaqit bermaydi: Dvigatel sovutish tizimining normal ishlashini ta'minlaydi.
Batafsil tavsif:
Lynk & Co uchun radiator himoya to‘ri — avtomobilingiz radiatorini yo‘ldagi kutilmagan shikastlanishlardan asrash uchun eng zarur aksessuarlardan biridir.
Afzalliklari:
- Radiator umrini uzaytiradi: Harakat davomida old radiatorga uriladigan mayda toshlar, hasharotlar, terak momig‘i va kirlarni ushlab qolib, radiator katakchalari ezilishi yoki teshilishining oldini oladi.
- Zavod holatiga zarar yetkazmaydi: Mahsulot maxsus fiksator-qisqichlar (klipsa) bilan jihozlangan. Bamperni teshmay, original qismlariga zarar bermasdan bir necha daqiqada o‘rnatiladi.
- Mustahkam va chidamli: Yuqori sifatli ABS plastik va mayda zanglamaydigan to‘rdan tayyorlangan. Yuqori bosimli moyka va harorat o‘zgarishlariga bardoshli.
- Estetik ko‘rinish: Avtomobilning tashqi ko‘rinishini buzmaydi, aksincha unga zamonaviy va toza qiyofa beradi.