Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon ushbu romanda olis X asr boshlaridagi ko‘hna Samarqandning siyosiy-ijtimoiy, maʼrifiy hayotidan ayrim lavhalarni qalamga oladi. Ulug‘ ajdodlarimizdan biri, mashhur alloma Abu Mansur Moturidiyning badiiy siymosini aks ettirishga urindi. Asar dramatik voqealarga, qiziqarli, sermazmun bahs-munoxaralarga boy. Luqmon Bo‘rixon qalamiga mansub ushbu roman muhtaram, talabchan o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi, degan ummiddamiz.

