Kelib chiqishi va tanlab yig‘ish
Lunjing uchun faqat erta bahorda qo‘lda terilgan yosh choy barglari ishlatiladi. Aynan shu davrda barglar eng yumshoq, xushbo‘y va foydali bo‘ladi. An’anaviy qayta ishlash va yengil qovurish jarayoni choyning tabiiy rangini, shaklini va sifatini saqlab qoladi.
Ta’mi va hidi
Lunjing choyi juda nafis va muvozanatli tarzda ochiladi:
— achchiqliksiz, toza va yumshoq ta’m
— yengil yong‘oq va o‘simlik notalari
— yoqimli, biroz shirin aftertaste
— tiniq, oltin-yashil rangdagi damlama
Bu choy kundalik ichish uchun juda qulay — ta’mi zeriktirmaydi va yengil ichiladi.
Ta’siri va foydasi
Lunjing tanani muloyim tarzda tetiklashtiradi, diqqatni jamlashga yordam beradi va sokin energiya beradi. Qahvaga zo‘r muqobil.

