SenseIQ texnologiyasi asosida aynan siz uchun yaratilgan.
✨ 18 oygacha silliq va tuklarsiz teridan bahramand bo‘ling*
• SmartSkin teri sensori
• 1 ta aqlli nasadka: tana uchun
• Lumea IPL mobil ilovasi bilan ishlaydi
Atigi har 2 haftada bir bajariladigan muolajalar bilan tez natijaga erishing.
Boshlang‘ich bosqichni 2 haftalik interval bilan atigi 4 ta muolajadan boshlang — bu boshqa brendlarga qaraganda 2 baravar kamroq muolaja talab qiladi. So‘ngra erishilgan natijani saqlab qolish uchun oyiga bir marta takroriy muolaja o‘tkazish kifoya.
SenseIQ texnologiyasi bilan yumshoq va qulay parvarish
SenseIQ texnologiyasi bilan jihozlangan Lumea 8000 seriyasi 5 ta oson sozlanadigan yorug‘lik intensivligi rejimiga ega. SmartSkin sensori teri rangingizni aniqlab, siz uchun eng qulay intensivlik darajasini tavsiya qiladi. Aqlli nasadkalar esa tananing har bir qismi uchun muolajani avtomatik ravishda moslashtiradi.
Uzun elektr kabeli muolajalarni yanada qulay bajarish, erkin harakatlanish va tananing turli qismlariga oson yetib borish imkonini beradi.
Maxsus ishlab chiqilgan nasadka ichkariga egilgan shaklga ega bo‘lib, oyoqlar kabi katta tana qismlarida teri bilan optimal aloqa hosil qiladi. Nasadka ulanganida moslashtirilgan dastur avtomatik ravishda faollashadi.
Philips kompaniyasi dermatologlar bilan hamkorlikda Lumea IPL qurilmasini uy sharoitida xavfsiz, sodda va samarali foydalanish uchun ishlab chiqqan. Professional salonlarda qo‘llaniladigan texnologiyalar asosida yaratilgan qurilma hatto sezgir teri qismlarida ham muloyim ta'sir ko‘rsatadi.
Bepul Philips Lumea IPL ilovasi muolajalar jadvalini tuzishga va unga amal qilishga yordam beradi. Shuningdek, har bir seansni bosqichma-bosqich tushuntirib boradi. Ilova dunyo bo‘ylab 2,1 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan yuklab olingan.
IPL texnologiyasi samarali ishlashi uchun soch va teri pigmentlari o‘rtasida kontrast bo‘lishi kerak. Shu sababli qurilma tabiiy to‘q sariq (to‘q malla), jigarrang va qora sochlar, shuningdek och rangdan to to‘q jigarranggacha (IV fototip) bo‘lgan teri uchun mos keladi.

