Bundan 100 yil muqaddam bir kuchuk bilan professor o'rtasida butun dunyoga saboq bo'la oladigan do'stlik rishtalari bog'langan edi. Hech qancha o'tmay, vafodor itning mehribon xo'jayini to'satdan vafot etib qoladi. Natijada ikki do'st bir-birlaridan ayrilib qoladilar. Biroq kuchuk degan jonivorga o'limni qanday tushuntirish mumkin?! Shu bois Hatiko eng yagin insonini 10 yil doimiy uchrashadigan joyidan qimirlamay kutadi. Har kuni, bir xil vaqtda, belgilangan yerda...
Bir necha asrlardan buyon itlar odamlarning eng yagin do'stlari sanalib kelgan. Bunday mustahkam bog'larning ba'zilari hatto tillarda doston bo'lgan. Sadoqatli jonivorlar haqida o'nlab kitoblarni misol keltirishimiz mumkin. Bekatda poyezd relslariga nigohlarini qadab, umrining so'nggi lahzasiga qadar yo'lga termulgan bu qahramonimizga Yaponiyada haykal o'rnatildi. Bu voqea nafaqat, yaponlarning, balki butun xalglarning qalbidan chuqur joy oldi.
Hatiko bizlarga yaginlarimizdan hech qachon voz kechib ketmaslikni o'rgatdi va buni o'z hayotida namuna qilib ko'rsatdi. Sadoqat va vafoni, umid va ishonchni, sabr va mas'uliyatni, xususan, do'stlikning haqiqiy ma'nosini o'rgatib ketdi. Suyganlarimizni va yaqinarimizni aslo unutmaslikni, ularga hamisha g'amxo'rlik qilish bizning insoniy burchimiz ekanini qoldirib ketdi.
Rahmat senga, Hatiko!

