LP-101 raqamli mikroskop elektronika bilan ishlovchi ustalar, servis markazlari, radiotexnika ishqibozlari va o‘quvchilar uchun qulay qurilma. U SMD detallarni lehimlash, mikrosxema, plata yo‘laklari, raz’yomlar, mayda qismlar va boshqa nozik elementlarni aniq ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
Katta 10,1 dyuymli ekran tufayli tasvirni kompyuterga ulanmasdan ham qulay ko‘rish mumkin. 1080P Full HD tasvir sifati mayda detallarni aniq ko‘rsatadi. Balandligi sozlanadigan stoyka fokus va masofani moslashga yordam beradi. Ikkita egiluvchan LED chiroq ish joyini yaxshi yoritadi, pult orqali esa surat yoki video olishda qurilmani qimirlatmasdan boshqarish mumkin.
Ushbu mikroskop ta’mirlash, lehimlash, o‘qish, laboratoriya ishlari va mayda detallar bilan ishlash uchun yaxshi tanlov.
Brend: ME
Model: LP-101
Turi: raqamli mikroskop
Ekran: 10,1 dyuym
Tasvir sifati: 1080P / Full HD
Kattalashtirish: 260x gacha
Yoritish: obyektiv LED yoritgichi + 2 ta egiluvchan LED chiroq
Boshqaruv: korpus tugmalari, masofadan boshqarish pulti
Foto/video: qo‘llab-quvvatlaydi
Qo‘llanishi: lehimlash, elektronika ta’miri, plata tekshirish, o‘qish
Ulanishlar: USB, HDMI, Type-C
Stoyka: metall, balandligi sozlanadi
Asos: barqaror ishchi platforma
Rangi: qora
Komplekt: mikroskop, ekran, stoyka, asos, LED chiroqlar, pult, kabel

