• Ta’mi: achchiq, xushbo‘y, ziravorlga boy
• Tarkibi: achchiq qalampir, sichuan qalampiri, sarimsoq, zanjabil, ko‘k piyoz, kunjut, yulduzli anis (badyan), lavr yaprog‘i, o‘simlik yog‘i, sirka, suv
• Lozijon lag‘mon, mampar, xamir ovqatlar, go‘shtli taomlar va quyuq sho‘rvalar uchun ajoyib qo‘shimchadir.
• O‘ziga xosligi: 10 dan ortiq tabiiy ziravorlar, "uyg‘ur murabbosi" nomi bilan mashhur.
• Saqlash sharoiti: 0 °C dan +25 °C gacha
• Saqlash muddati: 12 oy
• O‘rtacha ozuqaviy qiymati (100 g): Oqsillar: 2.5 g, Yog‘lar: 44 g, Uglevodlar: 7.5 g, Kaloriyalilik: 440 kkal
• GMO-siz, sun’iy bo‘yoqlar va aromatizatorlarsiz. 100% tabiiy mahsulot
• Iste’mol qilishdan oldin ziravorlar va yog‘ bir xilda taqsimlanishi uchun aralashtirish tavsiya etiladi
• Ishlab chiqaruvchi: “Ofiyatli Hayot” OK
Taomingizga haqiqiy restoran darajasidagi boy ta’m berishni xohlaysizmi? "Kimchi.uz"dan Lozijon – bu shunchaki achchiq qayla emas, balki 10 dan ortiq tabiiy ziravorlarning mukammal uyg‘unligidir.
Lozijon quyidagi taomlarning ajralmas sherigidir:
Lag‘mon va mampar;
Manti, xonim, chuchvara va barcha xamir ovqatlar;
Qovurilgan go‘sht, kabob va dimlamalar;
Quyuq sho‘rvalar.
Hatto oddiy nonga surtib iste'mol qilish ham o'zgacha zavq bag'ishlaydi.
Yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan sanadan 12 oy. Ishlab chiqarish sanasi qadoqda ko‘rsatilgan.


