📌 Kitob nomi: Loyihachilar, Kim On Su
📌 Muqova: Qattiq
📌 Chop etilgan yili: 2025
📌 Sahifalar soni: 432
Qariya hovliga chiqdi.
Reseng yana mo'ljalga olib, miltiq zatvorini orgaga tortdi. Miltiq o'qlanganida tovushi juda baland eshitildi. Reseng atrofni ko'zdan kechirdi. Baland qoraqarag'aylar osmonga parishonxotir qarab turar, hech qanday harakat yo'q, o'rmon sokin. Qushlar ham uchmas, hatto hasharotlarning ovozi ham eshitilmaydi. Bunday o'rmonda o'q ovozi uzoqqa eshitilsa kerak. Odamlar otilgan o'q ovozini eshitib yugurib kelsa-chi? Biroq Reseng darrov bekorga xavotirlanyapman, deb o'ylaydi. Bu yerda o'q otilishi oddiy holat. Bu qanday o'q ovozi ekan, deya kimdir shu qalin o'rmonga kelarmidi? Brakonyerlar to'ng'iz ovlayapti, deb o'ylashsa kerak. Reseng g'arb tomondagi tog'ga qaradi. Quyosh tog'dan bir qarich teparoqda osilib turibdi. Hali vaqt bor...

