• Tarjimon: Saidjalol Saidmurodov - Factor books nashriyoti
• ISBN 978-9943-8481-1-5 - 112 bet - Lotin alifbosi - Muallif: Erik Sigal - LOVE STORE - Bir muhabbat tarixi
• Dastlab melodrama sifatida suratga olinib, so‘ng kitobga ko‘chgan ushbu ishq qissasini romantik adabiyot muxlislari uchun tavsiya etamiz va muhtaram o‘quvchiga manzur bo‘ladi deb umid qilamiz.
Inson xarakteri faqat oq yoki qora ranglardan iborat emas. Unda boshqa qorishiq bo‘yoqlar ham bo‘lishi tabiiy. Badiiy asar qahramoni xarakterida ham turfa chizgilarni to‘g‘ri qo‘llash uning jonliligini, o‘quvchi tasavvuridagi realligini ta’minlaydi. Ummonorti yozuvchisi Erik Sigalning
«Love story. Bir muhabbat tarixi» kitobi ham amerikalik oshiqlarni, muhabbatga g‘arq ikki qalbni ko‘z o‘ngimizda jonli namoyish etadi, ularning iztirobiga sherik qiladi. Kuldiradi, kuydiradi, xullas, muhabbat insonni ne ko‘ylarga solsa, kitob ham o‘quvchini shu tuyg‘ularga oshno qiladi.



