XX asr Lotin Amerikasi adabiyoti asri hisoblanadi. Buning muhim xususiyatlaridan biri fusunkor realizm janridagi asarlar: bu qit'a badily adabiyotini, to'g'rirog'i, butkul san'atini dunyoga tanitdi. Olti nafar lotin amerikalik adib adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.
Ushbu to'plamda Lotin Amerikasining eng nomdor yozuvchilari va ularning mashhur hikoyalari to'plandi. Ular sizni adabiyotning hassos, murakkab, mazmunan notanish va sehrli olamiga olib kiradi.

