XX asr Lotin Amerikasi adabiyoti asri hisoblanadi. Buning
muhim xususiyatlaridan biri fusunkor realizm janridagi asarlar:
bu qit'a badiiy adabiyotini, to'g'rirog'i, butkul san'atini dunyoga
tanitdi. Olti nafar lotin amerikalik adib adabiyot bo'yicha Nobel
mukofotiga sazovor bo'ldi.
Ushbu to'plamda Lotin Amerikasining eng nomdor yozuv-
chilari va ularning mashhur hikoyalari toʻplandi. Ular sizni ada-
biyotning hassos, murakkab, mazmunan notanish va sehrli ola-
miga olib kiradi.

