• Omega 3 – dengiz losos yog‘idan olingan polito‘yintirilmagan yog‘li kislotalar majmuasi bo‘lib, organizmni yoshartiradi va kuchli antioksidant. Tarkibida 200 dan ortiq biologik faol komponentlar ya’ni vitaminlar, makro- va mikroelementlar saqlaydi.
Losos balig‘i yog‘idan olingan Omega 3 muhim yog‘li kislotalar
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Bir karton qutida sariq - zarg‘aldoq rangli 30 dona yumshoq jelatin (halol) kapsulalar mavjud. 1 kapsulaning (1350 mg) tarkibi:
Omega – 3 losos balig‘i yog‘idan ajratib olingan muhim yog‘ kislotalari - 1000mg
Eykozapentayen kislotasi EPK (EPA) / Dokozageksayen kislotasi DGK (DHA) 18:12
To‘ldiruvchi – kerakli miqdorda
Ingrediyentlar:
Hayvonlardan maxsus yo‘l bilan tayyorlangan jelatin (kapsula qobig‘i), ruxsat etilgan ranglar, stabilizator va emulsifikator vositalar, tozalangan suv (distillangan suv).
Ozuqaviy ma’lumotlar:
Karton qutida 2 alyumin blister, har birida 15 donadan sariq - zarg‘aldoq rangli yumshoq jelatin kapsulalar mavjud.
Omega 3 – dengiz balig‘i, losos yog‘idan olingan polito‘yintirilmagan yog‘li kislotalar majmuasi bo‘lib, organizmni yoshartiradi va kuchli antioksidant xususiyatga ega. Tarkibida 200 dan ortiq biologik faol komponentlar ya’ni vitaminlar, makro- va mikroelementlar saqlaydi. Tarkibiga quyidagi polito‘yintirilmagan yog‘ kislotalari kiradi: EPK (Eykozapentayen kislotasi) va DGK (Dokozageksayen kislotasi). EPK (Eykozapentayen kislotasi) yurakni, DGK (Dokozageksayen kislotasi) esa — bosh miyani normal ishlashini ta’minlaydi.
PRЕPARATNING TA’SIRI
Antioksidant, anti-sklerotik, antixolesterin, immunomodulyator, adaptogen, antikoagulyant xususiyatga ega.
Omega - 3 ko‘pgina yurak –qon tomir kasalliklarida ajoyib profilaktik vositasi hamda arterial qon bosimi oshishi kasalliklarini oldini olishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri samarali vosita hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha onkologlar ta’kidlashicha, Omega - 3 o‘simtaning rivojlanishini sekinlashtiradi va saraton kasalligini shu jumladan, ko‘krak bezi saratoni kasalligini oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. Omega - 3 ning teri kasalliklarini davolashda ham ta’siri ijobiydir. Omega - 3 bolalarda allergik belgilarni pasaytiradi, yara va chandiqlarni bitishini tezlashtiradi, 12 barmoqli ichak va oshqozon yarasi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga ijobiy ko‘mak beradi. Omega - 3 ovqat hazm qilish jarayonini va yog‘ almashinuvini normallashtirib, artrit, artroz, osteoxondroz kasalliklarida samarali yordam ko‘rsatadi. Omega – 3 ning ta’siri nafaqat analgetik ta’sirga bog‘liq, balki 1 va 3-guruhdagi yallig‘lanishga qarshi prostaglandinlarning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular to‘qimalarning shishishini kamaytiradi. Natijada og‘riq kamayib, bo‘g‘imlarning harakatlanishi tiklanadi.
ANFA OMEGA CR me’yoriy miya faoliyati uchun zarurdir, chunki u energiyani tez so‘rib, bir hujayradan ikkinchi xujayraga signal yetkazadigan impulslarni uzatishda yordam beradi. Bu bizga ma’lumotlarni xotirada saqlashni va kerak bo‘lganda o‘sha joydan olishni osonlashtiradi. Migren va asabiy stresslar uchun tavsiya etiladi. Ushbu modda ona bachadonida rivojlanayotgan embrion uchun zarurdir. Hayvonlar bilan o‘tkazilgan tajribalarda, agar ularning onalariga berilayotgan ozuqada Omega – 3 yog‘li kislotalari yetarlicha bo‘lmasa, tug‘ilgan hayvon bolalarida “o‘rganish” qobiliyati buzilishi kuzatilgan. Bolalar ona suti orqali nafaqat Omega-3 ni, balki Omega – 3 ni so‘rilishiga yordam beruvchi fermentlarni ham oladi, shunday qilib dastlabki chaqaloqlik davridan boshlab, foydali moddalarni organizmga singdirilish mexanizmi ishga tushadi.
Omega - 3 asab tizimining shakllanishida alohida o‘rin tutadi. Olimlar bolalikdan Omega - 3 ga to‘yingan organizmning katta yoshga yetganida stress va depressiyalarga qarshi chidamli ta’sirga ega ekanligi isbotlashdilar.
Omega - 3 yog‘li kislotalari ko‘z gavharining normal holatini saqlab qolish, jigar hujayralarini, yurak tizimi, immun tizimi, endokrin tizimi, tayanch-harakat tizimi va reproduktiv tizimlarni qo‘llab - quvvatlash uchun xizmat qiladi. ANFA OMEGA CR – Omega - 3 ko‘p to‘yinmagan kislotalarning yuqori tarkibiga ega shifobaxsh moylarning tarkibiy qismi bo‘lgan kuchli lipodemik antioksidant vosita. Ushbu tarkib mukammal muvozanatlangan va hazm qilish oson, aholining barcha yoshdagi guruhlariga uzoq muddatli foydalanish uchun tavsiya etiladi. ANFA OMEGA CR - tabiiy antioksidant sifatida keraksiz vaznni tashlashda yordam berib, kayfiyatni ko‘tarishga ta’sir ko‘rsatadi.
Omega - 3 ning foydali xususiyatlari:
• qonda qand miqdorini normallashtiradi.
• moddalar almashinuvini tezlashtiradi;
• organizmning himoya funksiyasini mustahkamlaydi;
• yurak qon-tomir tizimining faoliyatini yaxshilaydi;
• soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi;
• serotonin gormonini ishlab chiqarishni kuchaytiradi;
• teri holatini yaxshilaydi.
Omega – 3 ning iste’mol qilish miqdori - kunlik kaloriyalarning 1-2 foizini tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, kattalar uchun bunday yog‘larning kunlik iste’moli 1-2 g gacha bo‘ladi.
Omega - 3 va sport
Organizmga omega - 3 yog‘li kislotalarini yetarli darajada tushmasligidan, vaznni kamaytirish, mushaklarning hajmini hamda kuch ko‘rsatkichlarini oshirish, yoki sportda kerakli natijalarga erishish mushkul hisoblanadi. Muhim yog‘li kislotalarning yetishmovchiligi tufayli, erishgan yutuqlaringiz odatdagidan kuchsiz hamda ahamiyatsizroq bo‘ladi.
Omega - 3, og‘ir atletika, xususan, bodibildingda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijobiy ta’sirlarga ega. Biz quyida faqat asosiy jihatlarini sanab o‘tamiz:
Moddalar almashuvining tezligini oshirish
Oshqozon-ichak trakti orqali oziq-ovqat harakatlarini sekinlashtirib, insulinning sezgirligini oshiradi. Shunday qilib, uglevodlar tanada konsentratsiyali yig‘ilishlarni jumbushga keltirmay sekinlik bilan tanada so‘riladi. Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash orqali qon quyushqoqligini kamaytirish, qon bosimini pasaytirish, yurak-qon tomir kasalliklarini va qonda tromblar hosil bo‘lishini kamaytirish, qon tomirlari va yurak xurujlarini pasaytirish vazifasini bajaradi. Umumiy tonusni ko‘taradi va chidamlilikni oshiradi. Ishtahani kamaytirish, vazn yo‘qotish imkonini beradi.
Omega - 3 prostaglandinlarning avvalgi avlodlari ya’ni qonning tabiiy yallig‘lanishga qarshi biologik faol komponentlardir. Prostaglandinlar jismoniy mashqlar natijasida yuzaga keladigan og‘riqlar va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Shu tarzda, jismoniy mashqlar sabab sodir bo‘ladigan mushak to‘qimalarining yemirilishi qisqarib, ularning tiklanish muddati tezlashadi. Miya faoliyatini takomillashtirib, kayfiyatni ko‘taradi. Miyaning tuzilishi 60% yog‘lardan tashkil topgan bo‘lib, uning faoliyatini mustahkamlash uchun omega - 3 yog‘li kislotalariga ehtiyoji yuqoridir. Terini muloyim va yumshoq qiladi. Yog‘ miqdorining ko‘payish xavfini yuzaga keltirmaydigan sog‘lom quvvat manbai hisoblanadi. Garmon ishlab chiqarishni kuchaytiradi, shu jumladan, bodibilding mashqlarida muhim bo‘lgan testosteron ham shular jumlasidandir.
QO‘LLANILISHI
• ortiqcha vazn, diabet, gipertenziya va ateroskleroz bilan bog‘liq bo‘lgan gipertriglitseridemiyada;
• dislipidemiya (lipid almashinuvini buzilishi) bilan bog‘liq holatlarni oldini olishda;
• yurak-tomir kasalliklari va ularni oldini olishda;
• kelib chiqishi turlicha bo‘lgan artrozo-artritlarda;
• autoimmun kasalliklar: tarqalgan skleroz, tizimli sklerodermiya, revmatoidli artritda;
• suyaklarning kasalliklari: sinishlar, osteomiyelit, osteoporoz va boshqalarda;
• me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida;
• xavfli o‘smalarni oldini olishda;
• qandli diabet va uning asoratlarini oldini olishda;
• nerv tizimining kasalliklari: xotirani buzilishi, Alsgeymer kasalligi, parishonxotirlikda;
• teri kasalliklari: psoriaz, ekzema, neyrodermatit va boshqa trofik yaralarda;
• ona va homila sog‘lig‘ini tutib turish uchun (muddatidan oldingi tug‘ruqlar, tug‘ilgandagi kichik vazn).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
• alohida komponentlarga individual sezgirlik;
• baliq saqlagan har qanday mahsulotlarni iste’mol qilgandan keyin paydo bo‘ladigan allergik reaksiyalar;
• 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
• gemorragik sindrom;
• organizmda D vitamini miqdorining oshgan holatlarida.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Sog‘liq va yoshlikni saqlash maqsadida profilaktika uchun EPK va DGKning kunlik miqdori 800-1000mg. Yurak va yurak-tomir kasalliklarida kunlik doza 3000 gacha ko‘tariladi.
12 yosh va undan kattalarda 2 kapsuladan 2 mahal ovqatlanish vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
7 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 1 kapsuladan 3 mahal ichish tavsiya qilinadi.
Homilador ayollar uchun shifokor tavsiyasi asosida kerakli doza individual holda tanlanadi.
Kurs davomiyligi minimum 3 oy.
Sportchilarga ANFA OMEGA CR ning kunlik dozasi 2000mg.dan 3000 mg.gacha ovqatlanishdan keyin tavsiya etiladi. Davomiylik kursi murabbiy yoki tibbiy mutaxassis tomonidan belgilanadi.
Odatda sportchilar 3 oy qabul qilib, so‘ngra 1 oy tanaffus qilinadi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Umumiy olganda, ANFA OMEGA CR ning nojuya ta’sirlari mavjud emas. Bu modda odam organizmi uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Ammo dozani oshirib yuborilgan holatlarda har xil qon ketishlar va ba’zi allergik reaksiyalarning ko‘rinishlari namoyon bo‘lishi mumkin.
BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA’SIRI
A vitamini, askorbin kislotasi, tiamin, riboflavin, piridoksin, magniy preparatlari preparatning ta’sirini kuchaytiradi. ANFA OMEGA CRni fibratlar bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
MAXSUS KO‘RSATMALAR
ANFA OMEGA CR preparatini qabul qilish vaqtida boshqa Ye vitaminini saqlovchi dori vositalarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llaniladi
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi lozim. Qadoq ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin.
Saqlash muddati - 2 yil.
ISHLAB CHIQARUVCHI
CRIUS LIFE SCIENCES PVT LTD.
Qo'llanilishi biriktirilgan yo'riqnomada ko'rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Reg. № 000842/1 13.01.2021

