Loskutik ismli qizaloq va haqiqiy oq Bulutning do‘stligi haqida bolalar uchun mo‘ljallangan ertak-qissa! Shox Bulut eng xilma-xil shakllarga kira oladi: u sher, ot, timsoh yoki hatto to‘rli ko‘ylakka aylanishi mumkin. Uning paydo bo‘lishi shaharda haqiqiy g‘ala-g‘ovur ko‘tardi, axir bu yerda hech qachon na bulutlar, na yomg‘irlar bo‘lgan, barcha suv esa qirol Fontaniusga tegishli…
Loskutik va Bulutning sehrli sarguzashtlarini ko‘plab mashhur ertak-qissalar muallifi Sofya Leonidovna Prokofyeva o‘ylab topgan ("Sariq chamadonchaning sarguzashtlari", "Sehrli kalitlar hukmdori", "Soat bong urayotganda" va boshqalar). Sofya Leonidovnaning kitoblarini kitobxonlarning barcha avlodlari sevib o‘qiydi, ular asosida mashhur film va multfilmlar suratga olingan.

