Qishki mavsum uchun mo‘ljallangan qulay va issiq har kunlik botinkalar ayollar va qizlar uchun mukammal tanlovdir. Ushbu poyabzal yuqori sifatli zamsh materialidan tayyorlangan bo‘lib, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiladi. Oyoq kiyimning ichki qismi qalin hamda yumshoq tabiiy va sun'iy mex bilan qoplangan bo‘lib, eng sovuq qish kunlarida ham oyoqlaringizni issiq va qulay saqlaydi.
Klassik va zamonaviy dizayni tufayli bu botinkalar har qanday kundalik qishki kiyimlar, jumladan, kurtkalar, palto va puhoviklar bilan juda yaxshi moslashadi. Sifatli tagligi sirpanishga qarshi maxsus ishlov berilgan bo‘lib, muzlagan yo‘llarda ham barqarorlikni ta'minlaydi. Mahsulot o‘zining maxsus karobkasida yetkazib beriladi, bu esa uni saqlash va sovg‘a qilish uchun ham qulay qiladi.
Mahsulot xususiyatlari:
Turi: Ayollar uchun qishki botinkalar
Tashqi materiali: Sifatli zamsh
Ichki materiali: Qalin mexli isituvchi qatlam
Uslubi: Har kunlik (povsednevniy)
Qadoqlanishi: Karobkada
Eslatma: Modelning o‘lchami oyog‘ingizga bemalol va qulay joylashishi uchun 1 razmer katta buyurtma berishingiz tavsiya etiladi.

