"So‘nggi qish." Onam bizni tashlab ketganidan ko‘p o‘tmay, bir kutubxonachi menga bu kitobni o‘qib chiqishni maslahat berdi. Bu ayolning ko‘ngil ko‘zi ochiqmidi, deb doim hayron bo‘laman. Shkafning eng tepasidagi chang bosgan eski kitobni olish uning xayoliga qanday kelibdi? Unutilgan qiz uchun unutilgan roman. Nafaqat o‘qidim, balki suvdek simirdim. U mening og‘ir qalbim uchun musiqa bo‘lib qoldi, yoshligimda va keyingi mashaqqatli sayohatimda hamroh bo‘ldi. Men bu kitobni kamida o‘n marta o‘qidim.

