Yangi LOL Surprise Suv parilari (Mermaids) to‘plami bilan sehrli suv osti dunyosiga sho‘ng‘ing! Bu qizaloqlar uchun o‘zining yorqin dizayni bilan ajralib turadigan ultra-moda va betakror mini-qo‘g‘irchoqlardir.
Ushbu to‘plam mutlaqo yangicha o‘yin uslubini taqdim etadi: endi siz suv parisining dumini o‘z qo‘llaringiz bilan yaratishingiz va bezashingiz mumkin! Buning uchun maxsus asosni rangli gel bilan aralashtiring va 2 daqiqa davomida yaxshilab silkiting — suv parisi uchun yorqin dum tayyor! Bu shunchaki o‘yinchoq emas, balki haqiqiy lab bo‘yog‘i (blesk) hamdir! Labingizga surtish uchun dum ichidagi maxsus aplikatordan foydalanishingiz mumkin.
To‘plamdagi shar qo‘g‘irchog‘ingiz uchun haqiqiy akvarium vazifasini bajaradi. Uni muzdek sovuq suv bilan to‘ldiring, suv parisini ichiga botiring va o‘zingiz uchun sehrli suv osti olamini oching! O‘yin to‘plamiga quyidagilar kiradi: shar, qo‘g‘irchoq uchun stend, qo‘g‘irchoq, lab bo‘yog‘i asosi va uning uchun rang beruvchi bo‘yoq. Qo‘g‘irchoqning bo‘yi 8–10 sm bo‘lib, qo‘l va oyoqlari harakatlanadi, baliq dumini esa yechish mumkin.
Ushbu to‘plam go‘zal o‘yinchoqlarni qadrlaydigan va ijod qilishni yaxshi ko‘radigan qizlar uchun ajoyib sovg‘adir. U bolalarning tasavvurini, ijodiy fikrlashini va kreaktivligini a’lo darajada rivojlantiradi. Kolleksiyadagi barcha 6 ta suv parisi qo‘g‘irchog‘ini yig‘ing va o‘z suv osti imperiyangizni yarating!

