Lobar, Lobar, Lobarim mening
📌 Muallif: Javlon Jovliyev
📌 Til: O‘zbekcha
📌 Yozuv: Lotin
📌 Sahifalar soni: 160
📌 Muqova turi: Yumshoq
Javlon Jovliyev hikoyalari shaxsiy dardlar ifodasi emas, ular shunchaki voqeani hikoya ham qilmaydi, balki so‘zlar orqali hayot kartinasini chizadi. Asarlarni o‘qir ekansiz, ko‘z oldingizda millat kechmishlaridan tortib, muhabbatning eng toza, samimiy tuyg‘ulari o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi.
To‘plamga ikki xil dunyoqarashga ega yoshlar hayotidan tortib, insoniyat tarixidagi eng chirkin kunlar, bosqinchilik oqibatlari – qullik sog‘inchi, jur’atsizlik va inson qadri haqidagi sizni bee’tibor qoldirmaydigan bir qancha hikoyalar jamlangan.
Javlon Jovliyev o‘zbek o‘quvchilariga Qo‘rqma romani orqali tanilgan. Roman 2021 yilning O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qilgan kitobi bo‘lgan va qator tillarga tarjima qilingan. Ishonamizki, yozuvchining hikoyalar to‘plami ham sizning qadrdon kitobingizga aylanadi.
Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatga qo‘shing 🛒.

