Javlon Jovliyev hikoyalari shaxsiy dardlar ifodasi emas, ular shunchaki voqeani hikoya ham qilmaydi, balki so‘zlar orqali hayot kartinasini chizadi, asarlarni o‘qir ekansiz, ko‘z oldingizda millat kechmishlaridan tortib muhabbatning eng toza, samimiy tuyg‘ulari o‘ziga xos ravishda namoyon boʼladi.
To‘plamga ikki xil dunyoqarashga ega yoshlar hayotidan tortib, insoniyat tarixidagi eng chirkin kunlar, bosqinchilik oqibatlari - qullik sog‘inchi, jurʼ atsizlik va inson qadri haqidagi sizni beeʼtibor qoldirmaydigan bir qancha hikoyalar jamlangan.

