L-KARNITIN-500 mg, 60 kapsullar
Ozuqa biologik faol qo‘shimcha. Dori vositasi bo‘lib hisoblanmaydi.
MAXSUS KO‘RSATMALAR: L-karnitin tezlik-kuch ko‘rsatkichlarini va harakat koordinatsiyasini yaxshilash, mushak massasini oshirish va yog‘ massasini kamaytirish uchun, jismoniy yuklamalar, o‘tkazilgan stresslardan keyin tiklanish jarayonlarini tezlashtirish uchun, kuzatilishi mumkin bo‘lgan jarohatlardan keyin mushak to‘qimasi regeneratsiyasini tezlashtirish maqsadida yuqori yukmalarda sport oziqlantirishda (mashg‘ulotlar davrida aerob ish qobiliyatini mashq qilganda) keng qo‘llanadi. Aerob yuklamalarda (yugurish, suzish va boshqa nafas mashqlari) tezkor yog‘ almashinuviga olib keladi. Karnitinni bevosita mashqlardan oldin yoki mashqlar vaqtida qabul qilish kerak. Aerob mashqlarga bog‘lanmagan qo‘llash yog‘ to‘qimasini parchalanishining sezilarli samarasiga olib kelmaydi.
ASOSIY XUSUSIYATLARI: L-karnitin (levocarnitinum, levokarnitin) - aminokislota (ikkita aminokislotalar: lizin va metionindan tashkil topgan birikma). Vitaminlardan farq qilib, L-karnitin organizm sintez qilinadi, shuning uchun uni vitaminsimon modda deb nomlanadi. Odam organizmida ko‘ndalang-targ‘il mushak va jigar to‘qimalarida mavjud bo‘ladi. Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun qo‘llanadi, yog‘ almashinuvini faollashtiradi, to‘qimalar regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, ishtahani oshiradi va bosh miya faoliyatini oshiradi.
QO‘LLASH SOHASI: yog‘ almashinuvini faollashtirish va tana vaznini pasaytirish, aqliy va jismoniy energiyani ishlab chiqarishni va stressga chidamlilikni oshirish, qonda xolesterin darajasini pasaytirish, to‘qimalar regeneratsiyani va bosh miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun tavsiya etiladi.
Ushbu mahsulot biologik faol qo‘shimcha bo‘lib hisoblanadi va turli tuman va sog‘lom oziqlanish o‘rnini bosmaydi!
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI: kattalarga kuniga bir marta 1 kapsuladan tavsiya etiladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR: komponentlarni individual o‘zlashtiraolmaslik. Zarurati bo‘lganida shifokorga murojaat qiling. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. Homilador va emizikli onalarda qo‘llash mumkin emas.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI: sutkalik doza oshirilmasin.
Qabul qilganda allergik reaksiyalar, jig‘ildon qaynashi, me’da sohasida og‘irlik kuzatilishi mumkin.
Nojo‘ya reaksiyalar namoyon bo‘lganida yoki to‘satdan doza oshirib yuborilganda shifokorga murojaat etish kerak.
Preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, homilador va emizikli ayollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
YAROQLILIK MUDDATI: 3-yil

