Sochlaringiz chigallashib, tarashga qiynalyapsizmi?
Quruqlik va jonsizlik joningizga tegdimi?
Ularga ipakdek yumshoqlik va super quvvat berish vaqti keldi!
Olive's Dream — bu tabiatning eng sara shifobaxsh moylari jamlangan professional formula.
KIMLAR UCHUN?
Chigal sochlar: Sochi qiyin taraladigan va tez tugun bo‘ladiganlar uchun.
Quruq va jilosiz: Namlikka juda muhtoj, xira soch egalari uchun.
To‘kilishga qarshi: Soch to‘kilishi boshlangan va ildizini baquvvat qilmoqchi bo‘lganlar uchun.
Ifor shaydolari: Vanil va pachulining nafis, qimmatbaho iforini xush ko‘ruvchilar uchun.
TABIATNING SEHRLI TARKIBI:
Zaytun sovuni: Bosh terisini zarracha quritmasdan, o‘ta mayin tozalaydi.
Kokos moyi: Soch tolasini ich-ichidan to‘yintirib, sinishdan asraydi.
Bittim (Yovvoyi pista) yog‘i: Soch ildizini mustahkamlab, muammolarni davolaydi.
Pachuli va Vanilya: Sochlarga go‘zal yiltiroqlik va uzoq vaqt saqlanib qoluvchi ifor beradi.
SHAMPUNNING ASOSIY FOYDASI:
Sochlarni ajoyib tarzda namlantiradi va oziqlantiradi,
Natijada eng qiyin taraladigan sochlar ham oson va shikastlanmasdan taraladi.
Shuningdek, u soch to‘kilishining oldini olishga yordam berib, sochlarni baquvvat qiladi.
Boshqa shampunlarkmizdan farqli tarafi shundaki:
Tarkibida vanila yogʻi boʻlgani ucghn bu shampundna yoqilmi ifor kelib turadi. Qolgan shampunlarimizdan tarkibidagi tabiiy giyohlar hidi keladi.
Bu shampun aynan tabiiy hidni yoqtirmay, yoqimli iforli hidni talab qiluvchilar uchun maxsus formula.

