"Adabiyot: 8-sinf, 1-qism" darsligi O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, amaldagi o‘quv dasturiga mos keladi. Darslikning ushbu birinchi qismida o‘quvchilarda mutolaa madaniyati, estetik did va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish hamda badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan rus va jahon adabiyoti namunalari o‘rin olgan.

