«Lissabondagi tun» romanida musofirchilikdagi xor-u zorliklar, fashizm, zulm, ikki qalb oʻrtasidagi so'nmas muhabbat, sadoqat kabi mavzular o'rtaga tashlanadi. Roman shunisi bilan shiraliki, asarda aks etgan har bir voqea-hodisa muallifga begona emas, bosh qahramon yengib o'tgan har bitta mushkulot- u qiyinchiliklarni muallif ham o'z boshidan o'tkazgan.

