Lightning – 3.5 mm AUX adapter naushnik yoki audio qurilmalarni iPhone'ga ulash uchun ajoyib yechimdir. Ushbu adapter yordamida siz 3.5 mm raz'yomli quloqchinlarni Lightning portiga ega bo‘lgan iPhone, iPad yoki boshqa Apple qurilmalarga ulashingiz mumkin.
Sifatli ovoz uzatish texnologiyasi bilan jihozlangan bu adapter orqali siz musiqa tinglashda baland, tiniq va shovqinsiz tovushdan bahramand bo‘lasiz. Oq rangdagi dizayni Apple qurilmalari bilan mukammal moslashadi.

