Genri Kissinjer - amerikalik davlat arbobi, diplomat va xalqaro siyosat bo‘yicha ekspert. U 1969–1975 yillarda AQSh prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi, 1973–1977 yillarda esa AQSh davlat kotibi lavozimida ishlagan. 1973 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Kissinjer dunyodagi eng nufuzli siyosatshunoslardan biri hisoblanadi.
O'zining so'nggi kitobida u oltita siyosiy rahbar - Konrad Adenauer, Sharl De Goll, Richard Nikson, Anvar Sadat, Li Kuan yu va Margaret Tetcher haqida yozadi.
Genri Kissinjer ular bilan shaxsan tanish edi va bir necha yillar davomida ularning harakatlari tarixning borishini qanday o'zgartirganini kuzatdi.

