«Liderning yo‘li. Afsonaviy bestsellerlar» silsilasi yettita beqiyos kitobdan iborat bo‘lib, ularda taʼsir ko‘rsatish, qatʼiyat, botiniy kuch, boylik va chidam haqida so‘z boradi. Barcha mualliflar — tan olingan liderlar yoki liderlikning asosiy ko‘nikmalari bo‘yicha bilimdonlardir.
Teodor Ruzvelt shtat qonunchilik majlisi deputatligidan AQSH prezidentigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. U ko‘plab dadil takliflarni ilgari surib, federal hukumat faoliyatida bir qator murakkab islohotlarni amalga oshirgan. Hozirgi kungacha Teodor Ruzvelt millatning eng mashhur liderlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu kitobda Ruzveltning liderlik bo‘yicha yetti qonuni hamda 136 bebaho sabog‘i keltirilgan.

