Ushbu kitobda juda ko‘p yangi g‘oyalar, hayotga teran nazar bilan qarash, g‘oliblikka intilish, saodat va komillik uchun dadil qadam tashlash, jasurlik va mardlik kabi insoniy fazilatlarni o‘zida shakllantirish, Vatan rivojiga va uning iqtisodini yuksaltirishga astoydil kirishish, aql-zakovat va ilmni har qanday ishdan ustun qo‘yish kabi g‘oyalar mujassam.
Kitob davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, yosh olimlar, talabalar va bo‘lajak Liderlar hayot yo‘lida ko‘makchi bo‘lishi uchun taqdim etilgan. Unutmang: Lider — avvalo doimo o‘z ustida ishlaydigan va o‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan insondir.

