Ushbu nashrda ko‘plab yangi g‘oyalar, hayotga teran nigoh bilan qarash, g‘alabaga intilish, baxt va kamolot sari dadil qadam tashlash, mardlik va jasorat kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish, Vatan taraqqiyoti va uning iqtisodiyotini yaxshilash bilan astoydil shug‘ullanish, aql-zakovat va bilimni har qanday mehnatdan ustun qo‘yish kabi g‘oyalar o‘rin olgan. Yodingizda bo‘lsin, Lider, avvalo, o‘z ustida ishlaydigan va boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan insondir. O‘quvchilar e’tiboriga havola etilayotgan kitob davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, yosh olimlar, talabalar va bo‘lajak rahbarlar hayotida dastyor bo‘ladi, deb ishonamiz.

